Profi University - O'zbekistondagi xususiy universitet
Manzili

Toshkent sh., Bektemir t., Husayn Boyqaro k., 117

Murojaat

78 777 11 11

E-mail

info@profiuniversity.uz


Ro'yxatdan o'tish

Biz haqimizda

Profi University
Nima uchun biz

Profi University

Profi University - Think out of the box!

Bir paytlar uchta xonadan  iborat kichik bir o‘quv markazi sifatida tashkil qilingan "Profi Education" hozirga kelib xususiy bog‘cha, maktablar, o‘quv markazlari tarmog‘iga aylandi. 2021-yil dekabr oyida kompaniya yangi marra - universitet tashkil etishga erishdi. Aslida o'sha vaqtda maqsad yangi maktabgacha taʼlim muassasalari va maktablar tashkil etish uchun kadrlar tayyorlash masalasi edi. Ammo bugun universitetning maqsadi tor doirada emas, milliy manfaatlar darajasiga ko'tarilgan.

Oradan bir yil o'tib, "Profi university"ning litsenziyasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan qayta yangilandi. Endilikda universitet ikki shaharda - Toshkent va Navoiy shaharlarida faoliyat olib bormoqda. O'z yo'nalishlarini esa yana yangi sohalar bilan ham to'ldirdi. Bu esa "Profi University"ning oliy maqsadini amalga oshirishni boshlash uchun tamal toshi bo'lib xizmat qildi.

"Profi university"ning oliy maqsadi - ta'lim orqali har tomonlama tanqidiy fikrlay oladigan o'z bilimi va salohiyati bilan o'zining va atrofdagilarining hayotini yaxshilay oladigan kadrlarni tayyorlashdir.

Hozirgi kunda universitetda 6000 dan ortiq talaba tahsil olmoqda. Abituriyentlar universitetga imtihon asosida qabul qilinadi.

Rivojlanish va yangilanish

Asosiy Qadriyatlar

Hurmat, halollik, doimiy o‘sish va ijodkorlik asosida bugun harakat qilib, kelajakni barpo etamiz.

  • Halollik
  • Hurmat
  • Sabrli bo'l
  • Xato qilishdan qo'rqma
  • Kamtar va ijodkor bo'l
  • Faqat haqqoniy g'alaba
  • So'ra , o'rgan, o'rgat, qaytar
  • Mukammallik ortidan quv
Asosiy Qadriyatlar
Bizning missiya
Ta’lim — kelajakni o‘zgartirish vositasi

Bizning missiya

Profi Universityning missiyasi — ta’lim orqali jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘sha oladigan, tanqidiy va mustaqil fikrlaydigan, o‘z bilim va salohiyatini nafaqat shaxsiy rivojlanish, balki atrofdagilar hayotini yaxshilash yo‘lida qo‘llay oladigan malakali kadrlarni tayyorlashdir.
Biz zamonaviy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar va yuqori akademik standartlar uyg‘unligi asosida milliy va global mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassislarni yetishtirishni o‘z oldimizga maqsad qilganmiz. Profi University uchun ta’lim — bu faqat kasb berish emas, balki mas’uliyatli fikrlash, doimiy o‘sishni istaydigan shaxsni shakllantirishdir.

"Profi" raqamlarda

6000+

Talaba

400+

O'qituvchi

13

Fakultet

3

Kampus

Savolingiz bormi?

Ma'lumotlaringizni to'ldiring

Telefon raqamingizni qoldiring va biz sizni barcha qiziqtirgan savollaringizga javob beramiz!

Uz image